Kontrasepsiya: nimalarni bilish kerak
Hozirda, tibbiyot yutuqlari tufayli, ayollar homiladorlik paydo bo’lishini juda yaxshi tartibga solishlari mumkin. Bunda ularga kontrasepsiya yordam beradi.
Kontrasepsiya nima? Bu homiladorlikdan himoyalanish, ya'ni to'liq jinsiy hayotni saqlab qolgan holda, bo’yida bo’lishdan qochish usullari. Ushbu maqolada biz kontrasepsiya turlari va ularning samaradorligini muhokama qilamiz.
Kontrasepsiya samaradorligi qanday hisoblanadi?
Perl indeksi mavjud. Bu kontrasepsiya samaradorligini 0 dan 100 gacha bo’lgan raqamlarda aks ettiradi.
Bu raqam yuzta ayoldan nechtasi bir yil ichida homilador bo'lishini ko'rsatadi. Misol uchun, hech qanday himoya bo'lmaganda, Perl indeksi 85 ga teng bo'ladi – bu kontrasepsiyadan foydalanmaydigan 100 ayoldan 85 nafari 12 oy ichida homilador bo'lishini anglatadi. Ishonchli kontrasepsiya usullari uchun Perl indeksi minimaldir.
Kontrasepsiya turlari
Kontrasepsiya ko'plab turlarga bo'linadi. Ular orasida quyidagilar mavjud:- gormonal;
- favqulodda;
- to'siqli;
- bachadon ichiga oid;
- jarrohlik.
Gormonal kontrasepsiya
Ayol gormonal kontrasepsiyasi yoki faqat progesteronni, yoki ham progesteron, ham estrogenni o'z ichiga oladi. Harakat prinsipi quyidagicha: ovulyatsiyani bostirish va sperma o'tishiga yo'l qo'ymaslik uchun bachadon bo'yni shilliq qavatini qalinlashtirish.
Bu usul nimasi bilan yaxshi:
- samaradorlik juda yuqori (ammo, faqat to'g'ri ishlatilganda!);
- Jinsiy aloqadan oldin hech narsa sotib olishning hojati yo'q, barcha kontraseptiv tayyorgarlik oldindan bajariladi;
- har oylik qon ketish kamroq ta’sirli va kamroq og'riqli bo'ladi (xuddi shu faylning 3-maqolasiga havola - "Hayz paytidagi og'riqlar");
- gormonal kontrasepsiya, to'siqli kontrasepsiyadan farqli o'laroq, jinsiy yo'l bilan yuqadigan infeksiyalardan (JYYI) himoya qilmaydi;
- ushbu usulni shifokor bilan maslahatlashish zarur, chunki ko'plab qarshi ko’rsatmalar mavjud va moslashish paytida nojo'ya ta'sirlar bo'lishi mumkin. Ba'zi hollarda (masalan, implantant haqida gap ketganda), o'rnatish shifokor tomonidan amalga oshiriladi;
- ba'zi usullarning ancha yuqori narxi.
Quyida gormonal kontrasepsiya usullari bo'yicha qulay jadval berilgan. U turli usullarni solishtirishga yordam beradi. Qulaylik uchun biz homiladorlik ehtimolini foizlarda o'lchaymiz. Raqam qancha yuqori bo'lsa, ishonchlilik shunchalik kam.
Raqamlardan biri ideal foydalanishni aks ettiradi – ya'ni barcha tavsiyalardan foydalanish bilan. Ikkinchisi odatiy, ya'ni inson omili tufayli yuzaga keladigan buzilishlar bilan.
Usul nomi |
Tavsif |
Homiladorlik ehtimoli (ideal foydalanish / odatiy foydalanish) |
Harakat uzunligi |
Nyuanslar |
Bo’yida bo’lishga qarshi tabletkalar |
Ikki tur mavjud: faqat progesteron bilan va progesteron + estrogen bilan |
0,3% / 7% |
Qabul qilinayotganda |
1. Bonus sifatida husnbuzarlarda yordam berishi mumkin. 2. Tabletkalar har kuni qat'iy ravishda qabul qilinadi (gap kombinatsiyalangan tabletkalar haqida ketganda, hayz davridan tashqari). 3. Tabletka qabul qilish unutilganda, samaradorlik sezilarli darajada kamayadi. Antibiotiklarni qabul qilganda yoki diareyada ham kamayadi. 4. Moslashish biroz vaqt talab etadi. |
vaginal halqa |
qinga o'rnatiluvchi moslashuvchan plastik halqa |
0,3% / 7% |
21 kun, keyin bir haftalik tanaffusdan keyin almashtiriladi |
1. Ba'zi ayollar begona narsadan ozgina noqulaylik his qilishlari mumkin. 2. O'rnatish noqulay bo'lishi mumkin. 3. Sezilmasdan tushib qolishi mumkin. |
implantat |
kichik sterjen, qo'l terisi ostiga o'rnatiladi |
0,1% / 0,1% |
3 yil |
1. GV davrida foydalanish mumkin. 2. Nisbatan qimmat usul. 3. Moslashuv davri bo'ladi. 4. Husnbuzarlar kuchayishi mumkin. 5. Shifokorsiz o'rnatish mumkin emas. |
plastir |
plastirga o'xshaydi, teriga yopishadi |
0,3% / 7% |
1 hafta |
1. Teridan chiqib ketishi va/yoki tirnash xususiyati keltirib chiqarishi mumkin. 2. Ba'zi dori vositalarini qabul qilish ularning samaradorligini shubha ostiga qo'yishi mumkin. 3. Ta'sir o'rnatishdan 48 soat o'tgach sodir bo'ladi. |
inyeksiya |
gormon ukollari, faqat progesteron yoki progesteron + estrogen bilan bo’ladi |
Turiga qarab 0,05-0,2% / turiga qarab 3-4% (kombinatsiyalangani samaraliroq) |
Kombinatsiyalangan - 4 hafta, faqat progesteron bilan - 8-13 hafta |
1. Nojo'ya ta'sirlar mavjud. 2. Inyeksiyalarni to'xtatgandan so'ng, fertillik yana bir yilga qaytishi mumkin. |
To'siqli kontrasepsiya
Gormonallidan farqli o'laroq, u ichki emas, balki tashqi omillarga ta'sir qiladi. Nomidan ko'rinib turibdiki, bunday kontrasepsiya spermatozoidlarning kirib kelishidan jismonan himoya qiladi. Quyida to’siqli kontrasepsiyalarni turlari bo’yicha ko’rib c hiqamiz:
Nomi |
Tavsifi |
Homiladorlik ehtimolligi (ideal foydalanish / doimiy foydalanish ) |
Hatar va kamchiliklari |
Erkaklar prezervativa |
Lateksdan (yoki boshqa materialdan) ishlangan qoplam bo’lib, jinsiy olatga taqiladi |
2% / 13% |
1. Ba’zida yirtiladi 2. Agarda xato taqilsa, samaradorligi ancha past 3. Agarda ereksiya bilan muammolar bo’lsa, tushishi mumkin. 4. Barcha prezervativ va surtmalar bir-biriga to’g’ri kelmaydi, bu esa prezervativning yaxlitligiga ta’sir ko’rsatadi. |
Ayollar prezervativa |
Erkaklarnikiga o’xshaydi, faqat ikki halqa yordamida qinga taqiladi. |
5% / 21% |
1. CHiqib qolishi mumkin 2. Sotuvda topish qiyin. 3. Taqish oson emas. 4. Barcha prezervativ va surtmalar bir-biriga to’g’ri kelmaydi, bu esa prezervativning yaxlitligiga ta’sir ko’rsatadi. |
Bo’yin diafragmasi / qopqoqcha |
Bachadoy bo’yniga taqiladi, ko’p martalik, silikon |
4-8% / 12-23% (qopqoqchada samaradorlik pastroq) |
1. Spermisid krem surtish kerak, aks holda samaradorligi ancha past 2. Noto’g’ri foydalanganda tsistit yoki vaginit boshlanishi mumkin. 3. Jinsiy aloqadan keyin yana 6 soat olish mumkin emas. 4. Xato taqish xavfi bor. |
Bachadon ichi kontrasepsiyasi
Ko’proq u spiral nomi bilan ma’lum. U bachadon shilliq pardasida shunday sharoit yaratib beradiki, spermatozoidlar shunchaki yashab qololmaydi. Samarasini qo’llagan zahoti darhol sezish mumkin. Kamchiligi shundaki, ushbu usul jinsiy yo’l bilan o’tuvchi infeksiyalardan himoya qilmaydi. SHuningdek uni qo’yish og’riqsiz bo’ladi. Uni mustaqil ravishda o’rnatish mumkin emas, faqatgina shifokor tomonidan bajarilishi lozim. Bunda spiral noto’g’ri holatda turishi xavfi ham mavjud bo’lib, shuning uchun uni o’rnatgandan keyin holatini UTT orqali tekshirib olish ma’qul. Spirallarning ikki turkumi mavjud:- mis. Juda ishonchli usul (ehtimoliy homiladorlik indeksi atigi 0.6-0.8%). Va uning xizmat muddati ham uzoq – 5-10 yil. Biroq doimo spiralning siljish xavfi mavjud – biroq bunday xavf ehtimolligi uncha yuqori emas. Uningko’p miqdordagi hayz kabi nojo’ya ta’siri ham kuzatilishi mumkin.
- gormonal. Uning ham ehtimoliy homiladorlik indeksi juda past, mis singari 0.5-0.7%. Gap shundaki, uning muddati kamrok – 3-5 yil. U turli sabablar bilan mis spiral qo’yish mumkin bo’lmaganlarga qo’yiladi. Misdan farqli ravishda, u ko’p miqdorda hayzni keltirib chiqarmaydi, va hattoki teskari ta’sir qilishi ham mumkin. Biroq boshqa nojo’ya ta’sirlar, ya’ni bosh og’rig’i va h.k. kuzatilishi mumkin.
Tezkor kontrasepsiya
Tezkor kontrasepsiyaning amal qilish tamoyili – homila paydo bo’lishining oldini olish maqsadida ovulyatsiyani orqaga surishdir. Vaqt bo’yicha chklov mavjud: tabletkani vaqtida qabul qilib olish muhim. Qancha erta bo’lsa, shuncha yaxshi, biroq uni jinsiy aloqani sodir etgandan keyin 72 soatdan kechikmay qabul qilish kerak (ma’lum dori vositasiga qarab soatlar soni 120 gacha oshishi mumkin). Tezkor kontrasepsiya – bu doimiy kontrasepsiya degani emas, shuning uchun uni homiladorlikdan himoya qilishning asosiy usuli sifadina ko’rish kerak emas. Biroq organizm va ruhiyat uchun u rejada bo’lmagan homiladorlik, yoki uni buzishga qaraganda yaxshiroq ekanligi aniq. Bunday usul samaralidir: Perl indeksi 1-2%dan kamroq. Nojo’ya ta’sir sifatida siklning buzilishi, o’zingizni his qilishingiz vaqtincha yomonlashuvini keltirishimiz mumkin.Boshqa usullar
Yuqorida aytilmay qolgan narsalar haqida qisqacha gapirib o’tamiz – chunki ular kontrasepsiyaning yetarli darajada samarali usullari emas.
Spermisidlarni krem va gellar ko’rinishida qo’llash mushkul – ular kerakli darajada amal qilishi uchun boshqa kontrasepsiya vositalari bilan birga foydalanilishi kerak, aks holda homiladorlik ehtimollligi mavjud. Spermisidlarga botirilgan gubkalarni dorixonalardan topishning imkoni yo’q, buning ustiga uni to’g’ri qo’llash va qo’yish paytida xato qilish mumkin.
Laktatsion amenoreya usulining mohiyati shundan iboratki, u bolani ona ko’krak suti bilan oziqlantirishning dastlabki yarim yilligida ona homilador bo’la olmaydi – bu ham ishonchli emas. Ushbu usul rostdan ham samarali bo’lishi uchun juda ko’p jihatlarni hisobga olish kerak.
Taqvim, ya’ni ovulyatsiyani kuzatib borish hamda yuqori fertillik paytida jinsiy aloqaga kirishmaslikka harakat qilish usuli ham uncha maqbul emas. CHunki ko’plab ayollarda sikl bir-ikki kunga siljib turadi, shuning uchun ovulyatsiyaning aniq sanalarini bilish mushkul.
Jinsiy aloqani to’xtatish usuli ham gumonli – erkaklar surtmasida spermatozoidlar (garchi spermaga qaraganda kam miqdorda bo’lsa ham) bo’lishi mumkin, buning ustiga erkaklargi o’z fiziologiyasini tartibga solish mas’uliyati bo’ladi, bu esa oson emas.
Jarrohlik usuli (boshqacha aytganda erkaklar yoki ayollarni sterillash) juda ishonchsiz, biroq undan juda kam hollarda foydalanishadi. Birinchidan, bu orqaga qaytarib bo’lmaydigan jarayon. Ikkinchidan, ko’plab davlatlarda ushbu muolajani shunchaki bajarish mumkin emas, alohida talablari mavjud: masalan ma’lum bir yoshga yetish kerak.
Xalq tabobati usullarini kontrasepsiya deb hisoblab bo’lmaydi – ular hech qanday isbotlangan samaraga ega emas, uning oqibatlarini esa oldindan aytib bo’lmaydi.
Hozirda erkaklar gormonal kontrasepsiyasi usuli klinik sinovlardan o’tkazilmoqda, biroq u hali sotuvga chiqqani yo’q.