Kundalik prokladkalar

Kundalik prokladkalar

EmptyView

Kundalik prokladkalar

Ayollar gigiyena vositalarini tanlash juda qiyin vazifa bo'lishi mumkin, chunki ko'pgina variantlardan birini tanlashga to’g’ri keladi. Biz sizga bu ishni amalga oshirishda yordam beramiz! Ushbu maqolada biz Kotex kundalik prokladkalari haqida so’zlab beramiz va ulardan qanday foydalanish bo'yicha maslahatlar beramiz. Lekin birinchi navbatda, kundalik prokladkalar standart menstrual prokladkalaridan qanday farq qilishini aniqlab olamiz. Kundalik prokladkalarning ishlash prinsipi bir xil, ammo:
  • ularning o’lchami kichikroq va kamroq hajmdagi namlikni saqlashga qodir;
  • ular ancha yengilroq va yupqaroq bo’lib, kiyganda deyarli sezilmaydi;
  • ularning qanotchalari yo'q.
Endi esa, Kotex kundalik prokladkalarining xilma-xilligi bilan tanishamiz!

Qanday turdagi Kotex kundalik prokladkalarini tanlash kerak: maslahatlar.

Kotex brendi kundalik prokladkalarni bir nechta variantda taqdim etadi. Ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ehtiyojlaringizga eng mos keladiganlarni tanlang va prokladkalarning imkoniyatlarini menstrual yoki har kungi ajratmalar miqdori bilan solishtiring.
  • Kotex Antibacterial kundalik prokladkalari yangilangan absorbsiya tizimi tufayli nafaqat ajratmalarni mukammal darajada so’radi, balki hid paydo bo'lishining ham oldini oladi. Ular bakteriyalar o'sishini to'xtatuvchi antibakterial qatlam bilan jihozlangan. Bu, soflik ta’minlangan deganidir;
  • Kotex Natural NORMAL terisi juda sezgir va qichishish xususiyatiga moyil bo’lganlar uchun mos keladi. Kundalik prokladkaning tabiiy paxtali yuzasi dermatologik sinovlardan o’tgan va gipoallergik deb tan olingan;
  • Kotex Deo havo o’tkazadigan va bilinmas bo'lib, u bilan kundalik foydalanish idealdir. Yengil aromatizatsiya yoqimsiz hidlarni yashiradi, egiluvchan chetki qismlar esa har xil turdagi ichki kiyimlar uchun mos keladi. Asosiy himoya uchun ultra yupqa Kotex Deo va kuchliroq himoya uchun Kotex Deo NORMAL mavjud;
  • Kotex Super Slim – qulay gigiyena bilan sinonimdir. Ular neytral bo’lib, aromatizatsiyalanmagan va yumshoq yuzasi tufayli ularni kiyib yurish yoqimli. Kundalik prokladkalarning chekka qismlari bo'ylab bosib solingan maxsus naqsh uni qatlamlarga ajralishdan saqlaydi. Ajratma miqdoriga qarab Kotex Super Slim Ultrayupqa yoki Kotex Super Slim NORMAL tanlanishi mumkin.

Kundalik prokladkalardan qanday qilib to'g'ri foydalanish kerak.

Kundalik prokladkalardan foydalanish qoidalari odatdagi menstrual prokladkalardan foydalanish bilan deyarli bir xil:
  1. Kundalik prokladkani joylashtirishdan oldin qo'lingizni yuving.
  2. Kundalik prokladkani almashtirish uchun individual qadoqni va yopishqoq lentani olib tashlang. Uni yopishtiradigan joyni oldindan aniqlab oling. Kundalik prokladkaning yopishqoq tomonini ichki kiyimingizga bosing.
  3. Terida qichishish xususiyati kelib chiqmasligi uchun kundalik prokladkangizni o'z vaqtida almashtiring.
  4. Prokladkalarni hojatxonaga tashlamang! Bu kanalizatsiyaning tiqilishiga olib kelishi mumkin.

Xulosalar

Kotex mahsulotlarining afzalliklari aniq: Kotex kundalik prokladkalari har qanday vaziyatda (sport, ta’lim, sayohat) sizning gigiyena, soflik va tozalikka bo'lgan xohishingizni qo'llab-quvvatlaydi va sizning har qanday xususiyatingizni (allergiya, juda ko’p ajratma) hisobga oladi. Prokladkalarning har bir turi o'ziga xos tarzda innovatsiondir va ulardagi har bir narsa ajoyib qulaylik uchun puxta o'ylangan. Shunday ekan, tezda tanlov qiling va Kotex bilan o'zingizni erkin his qiling!

EmptyView

EmptyView